» » Og‘ir atletika. Sunnatilla O‘sarov Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika. Sunnatilla O‘sarov Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi


Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sunnatilla O‘sarov kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

26-aprel, juma kuni erkaklar o‘rtasida 102 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sunnatilla O‘sarov dast ko‘tarish bahsida 172 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medalini qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarishda esa birinchi urinishda 191 kg natija ko‘rsatgan sportchi ikkinchi va uchinchi urinishda 197 kg og‘irlikni ko‘tarolmadi. Ikki kurash natijasi ko‘ra 363 kg natija ko‘rsatgan O‘sarov 4-o‘rin bilan cheklandi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Erkaklar -102 kg

Ma’lumot uchun mazkur musobaqaga 6 nafar o‘zbekistonlik og‘ir atletimiz yo‘l olgan, hozirgacha Muattar Nabiyevada (-55 kg) 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Adhamjon Ergashev (-67 kg) to‘rtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi o‘rinni egallagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют