» » Samarqandda 645 nafar talabaning shartnoma puli to‘lab berildi

Samarqandda 645 nafar talabaning shartnoma puli to‘lab berildi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan viloyat Yoshlar markazida Ittifoqning faol a’zolari, oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan 645 nafar talabaning kontrakt-shartnoma puli to‘lab berilgani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Bu haqda viloyat Yoshlar Ittifoqining matbuot kotibi Shahnoza Xoliqova “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan 114 nafar talaba viloyat Yoshlar ittifoqi tomonidan yillik shartnoma mablag‘ining 35 foizlik sertifikati bilan taqdirlandi. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, qo‘mondonlikning tavsiyanomasiga asosan oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 531 nafar talabaning bir yillik to‘lov shartnoma pulining 35 foizi to‘lab berilgan sovrindor talabalarga tantanali tarzda sertifikatlar topshirildi.

Taqdirlash marosimida Respublika Yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi raisi A.Aslonov so‘zga chiqib, sertifikat bilan taqdirlangan yoshlarga keyingi faoliyatlarida yanada faol bo‘lishni, oliy ta’lim muassasasi yaqinidagi maktablarda o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazishlarini va yoshlarga o‘rnak bo‘lib, ularni ham shunaqa faol bo‘lishga o‘gatishni taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют