» » “Lokomotiv” “Qizilqum”ni mag‘lub etib, Superliga peshqadamiga aylanib oldi

“Lokomotiv” “Qizilqum”ni mag‘lub etib, Superliga peshqadamiga aylanib oldi


27-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning 3-daqiqasida “temiryo‘lchilar” yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqaga kelib himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 71-daqiqada esa toshkentliklar a’zosi Yovan Jokich o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Oradan bir daqiqa o‘tib Temurxo‘ja Abduholiqov jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa “Lokomotiv” o‘z maydonida navoiyliklarni mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” ochkolari sonini 15 ta yetkazib, musobaqa jadvalida yetakchiga aylanib qoldi. “Qizilqum” esa 5 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Qayd etish joiz, mazkur o‘yinni 867 nafar tomoshabin stadiondan bevosita kuzatib bordi.

Superliga

6-tur bahsi

27-aprel, shanba

Gollar: 1:0 — 3 Jamshid Iskandarov, 2:0 — 31 Islom To‘xtaxo‘jayev, 2:1 — 71, avtogol, Yovan Jokich, 3:1 — 72 Temurxo‘ja Abduholiqov

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskandarov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rayevats, 76), Husniddin G‘ofurov (Avazbek O‘lmasaliyev, 46), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov (Aziz Haydarov, 65)

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev (Akmal Rustamov, 74), Eldor Boymatov, Muhsinjon Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Hurshid Olimov, Smit Medina (Sardor Jahonov, 46)

Ogohlantirishlar: Fayzulla Qambarov (30), Davron Hoshimov (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют