» » OChL. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Lokomotiv” “Al-Ittihod”ga yutqazib qo‘ydi (video)

OChL. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Lokomotiv” “Al-Ittihod”ga yutqazib qo‘ydi (video)


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida “B” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 48-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Nosir al-Shamroni Javohir Ilyosov qo‘riqlayotgan darvozaga penaltidan gol urgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib zaxiradan maydonga tushgan Fahad al-Muvallad hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 70-daqiqaga kelib zaxiradan maydonga tushgan Jamshid Iskandarov hisobni qisqartirdi (2:1). 82-daqiqada esa “temiryo‘lchilar” a’zosi Filipp Rayevats hisobni tenglashtirdi (2:2). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida toshkentliklar darvozasi tomon ikkinchi bor penalti belgilandi va undan Fahad al-Muvallad unumli foydalandi va dublga erishdi (3:2). Shu tariqa “Lokomotiv” mehmonda kechgan bahsda kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur o‘yindan so‘ng Toshkent klubi 3 ochko to‘plagan holda guruhda oxirgi o‘rinda bormoqda:

OChL

9-aprel, seshanba

“B” guruhi

Gol: 1:0 — 48, penalti, Nosir al-Shamroni, 2:0 — 50 Fahad al-Muvallad, 2:1 — 70 Jamshid Iskandarov, 2:2 — 82 Filipp Rayevats, 3:2 — 90, penalti, Fahad al-Muvallad

“Al-Ittihod”: Assaf al-Qorniy, Abdulloh al-Amar, Yasin Barnavi, Ziyad al-Saxafi, Metyu Jurman, Abdulrahmon al-Gamdi (Fahad al-Muvallad, 33), Seku Sanogo, Holid al-Samiri, Nosir al-Shamroni (Romarinyo, 90), Abdulaziz al-Bishi (Karlos Vilyanueva, 77), Essam al-Muvallad

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Igor Yelich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev (Davronbek Hoshimov, 52), Diyorjon Turopov (Jamshid Iskandarov, 69), Yovan Jokich, Arslanmurad Amanov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filipp Rayevats, 74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют