» » OChL. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Al-Ittihod”ni yuta olmadi (video)

OChL. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Al-Ittihod”ni yuta olmadi (video)


22-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turida O‘zbekistonning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 12-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Romarinyo Javohir Ilyosov darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 36-daqiqaga kelib “temiryo‘lchilar” hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa Toshkent klubi o‘z uyida “Al-Ittihod” bilan durang o‘ynadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, ushu bahsdan so‘ng “Lokomotiv”ning ochkolari soni 4 taga yetdi. “Al-Ittihod” hisobida esa 7 ochko mavjud.

OChL

4-tur bahslari

22-aprel, dushanba

“B” guruhi

“Lokomotiv”—“Al-Ittihod” 1:1 (2:3)

Gollar: 0:1 — 12 Romarinyo, 1:1 — 36 Temurxo‘ja Abduholiqov

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskandarov (Igor Yelich, 77), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rayevats, 85), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Arslonmurod Omonov (Husniddin G‘ofurov, 60), Diyorjon Turopov.

“Al-Ittihod”: Favaz al-Qarni, Abdulloh al-Ammar, Yosin Omar, Metyu Yurman, Holid al-Samiri, Fahad al-Muvallad, Romarinyo, Ahmad Hassan Asiri, Nosir al-Shamroni (Karlos Vilyanueva, 58), Seku Sanogo, Abdulaziz al-Bishi

Ogohlantirishlar: Fahad al-Muvallad (45+1), Yovan Jokich (54), Seku Sanogo (82)

Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jayev (75)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют