» » Superliga. “Lokomotiv” javobsiz 4 ta gol urib, “Andijon”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Lokomotiv” javobsiz 4 ta gol urib, “Andijon”ni mag‘lub etdi


4-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-tur bahslariga start berildi.

Amaldagi chempion Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Andijon” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda Anzur Ismoilov (50), Igor Yelich (72 — penalti), Temurxo‘ja Abduholiqov (76), Jamshid Iskandarov (90) tomonidan kiritilgan gollar toshkentliklarning g‘alabasini ta’minladi va jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (4:0).

Superliga

3-tur bahsi

4-aprel, payshanba

Gollar: 1:0 — 50 Anzur Ismoilov, 2:0 — 72, penalti, Igor Yelich, 3:0 — 76 Temurxo‘ja Abduholiqov, 4:0 — 90 Jamshid Iskandarov

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Igor Yelich, Sardor Mirzayev, Diyor Turopov, Azizbek Amonov (Husniddin G‘ofurov, 46), Arslonmurod Omonov (Jamshid Iskandarov, 77), Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rayevats, 79)

“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Bobirjon Amonov, Farhod Mirahmatov, Oybek Qilichev, Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov, 46), Dilshod Rahmatullayev, Ildar Mamatkazin, Doniyor Ismoilov (Abdurahmon Abdulhaqov, 67), Asror G‘ofurov (Farhod Bekmurodov, 77), Abror Xusinov, Boburjon Akbarov

Ogohlantirishlar: Dilshod Rahmatullayev (7), Diyor Turopov (31), Ildar Mamatkazin (58), Shuhrat Muhammadiyev (60), Vitaliy Mirniy (71)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют