» » Superliga. Poytaxt derbisida “Paxtakor” “Lokomotiv”dan ustun keldi (video)

Superliga. Poytaxt derbisida “Paxtakor” “Lokomotiv”dan ustun keldi (video)


16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 1-turning markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkentning ikki klubi “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” o‘zaro bahsga kirishdi.

Bellashuvning 53-daqiqasida Igor Sergeyev Jaloliddin Masharipov uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 61-daqiqaga kelib Dragan Cheran “Lokomotiv” darvozasiga penaltidan gol urdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Dragan Cheran juda chiroyli gol urib, dublga erishdi va hisobni yiriklashtirdi (3:0). 73-daqiqada esa Jamshid Iskanderov o‘rniga maydonga tushgan Arslonmurod Omonov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi (3:1).

Shu tariqa “sherlar” o‘z maydonida amaldagi chempionlarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga

1-tur bahsi

16-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 53 Igor Sergeyev, 2:0 — 61, penalti, Dragan Cheran, 3:0 — 63 Dragan Cheran, 3:1 — 73 Arslomnurod Omonov

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets, Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 80), Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 88), Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev, 72), Igor Sergeyev

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Davronbek Hoshimov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Arslonmurod Omonov, 62), Diyorjon Turopov, Azizbek Omonov (Husniddin G‘ofurov, 46), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rayevats, 68)

Ogohlantirishlar: Aziz Omonov (10), Diyor Turopov (29), Davron Hoshimov (50), Yegor Krimets (54), Jamshid Iskanderov (60), Temurxo‘ja Abduxoliqov (66), Xojiakbar Alijonov (70), Husniddin G‘ofurov (90+2)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют