» » Tatariston prezidentidan Ramazon oyida alkogol savdosini taqiqlash so‘raldi

Tatariston prezidentidan Ramazon oyida alkogol savdosini taqiqlash so‘raldi


Tataristondagi bir necha jamoat tashkilotlari prezident Rustam Minnixanovga maktub yo‘llab, Ramazon oyida alkogol sotuvini taqiqlashni so‘radi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

“Ramazon — ezgu ishlar oyi. Biz sizdan ushbu muqaddas oyda Tatariston respublikasida spirtli ichimliklar savdosini taqiqlashingizni so‘raymiz. Bu xayrli amal Tatariston hukumatining musulmonlarga nisbatan hurmatini ko‘rsatgan, Tataristonning obro‘sini 1,5 milliardlik islom dunyosida oshirgan va tatar xalqini sog‘lom hayotga undagan bo‘lar edi”, — deyiladi Tatariston oqsoqollar sho‘rosi, Butuntatar jamoatchilik markazi va “Muslima” ayollar tashkiloti tomonidan yo‘llangan maktubda.

Prezidentga murojaat qilgan jamoatchilik tashkilotlari tegishli qaror qabul qilinishi va Ramazonda alkogol savdosi taqiqlanishiga umid bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...