» » Putin Moskva barcha ukrainaliklarga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini berishga tayyorligini bildirdi

Putin Moskva barcha ukrainaliklarga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini berishga tayyorligini bildirdi


Vladimir Putin Moskva nafaqat Donesk va Lugansk aholisi, balki barcha ukrainaliklarga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini berish haqida o‘ylayotganini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Biz umuman olganda barcha ukrainaliklarga soddalashtirilgan tarzda fuqaroligimizni berish haqida bosh qotiryapmiz”, —dedi u Pekindagi matbuot anjumanida.

Putin Donbassda yashovchilarga Rossiya pasportlarini taqdim etish fikri dabdurustdan paydo bo‘lmaganini bildirdi.

Shuningdek, bu narsa Rossiya budjetiga og‘ir yuk bo‘lishi haqidagi gaplarni “vahima” deb atadi. Uning aytishicha, xarajatlar 100 milliard rublga borishi mumkin. Biroq bu raqam yil davomida emas, kelgusidagi bir necha yil mobaynida sarflanadigan mablag‘dan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют