» » Britaniyaning kurort shahri sohillarini yirik meduzalar “ishg‘ol qildi” (foto va video)

Britaniyaning kurort shahri sohillarini yirik meduzalar “ishg‘ol qildi” (foto va video)


Britaniyaning Torki shahri sohillariga ulkan meduzalar to‘dasi yopirildi, deya xabar beradi National Geographic.

Angliyaning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Torki shahri aholisi sohilda ko‘p miqdorda Rhizostoma pulmo meduzalarini topgan.

Bu meduzalar Atlantika okeanining shimoli-sharqiy qismida, Adriatik, O‘rta yer dengizi, Qora, Azov, Irlandiya va boshqa dengizlarda keng tarqalgan. Ularning o‘rtacha diametri 40 santimetrgacha, ba’zan 90 santimetrgacha bo‘lgan meduzalar ham uchraydi.

Ulkan hajmi va 35 kilogrammgacha bo‘lgan vazniga qaramay ular odamlarga xavf solmaydi: ularning zahri juda zaif, odamga yetishi mumkin bo‘lgan maksimal zarar bu katta bo‘lmagan toshmalardir.

Bu meduzalar Britaniya dengizlarida uchrashi mumkin bo‘lgan eng yirigi, biroq u sohillarga juda kam chiqadi.

Mutaxassislarga ko‘ra, suv haroratining isib ketishi meduzalarning qirg‘oqqa chiqishiga sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют