» » Mashhurlar va ularning farzandlari bir xil yoshda bo‘lgan suratlar (foto)

Mashhurlar va ularning farzandlari bir xil yoshda bo‘lgan suratlar (foto)


Bugungi kunda aksariyat ota-onalar farzandlari bilan o‘xshashligini taqqoslash uchun o‘z fotosuratlari bilan farzandinikini solishtiradi. Yulduzlar ham istisno emas, chunki genetika ularga ham kutilmagan sovg‘alar hozirlagan.

AdMe mashhurlar va ularning farzandlari bir xil yoshda qanday ko‘rinishda bo‘lganini aniqladi.

1. Milla Yovovich va Eva Gabo Anderson

Model va aktrisa Milla Yovovich va rejissor Pol Andersonning ikki qizi bor. Kichigi Dashiyel Eden 4 yoshda va to‘ng‘ichi Eva Gabo 12 yoshda. U yil sayin mashhur onasiga tobora o‘xshab bormoqda.

2. Anjelina Joli va Shaylo Joli-Pitt

Shaylo aktyorlar Bred Pitt va Anjelina Jolining oilasida birinchi umumiy biologik bola. Hozir u 13 yoshda. Kalta soch turmagi va o‘g‘il bolalarcha uslubiga qaramay, ko‘plar uni onasining nusxasi deb hisoblaydi.

3. Beyonse va Blyu Ayvi Karter

Repper Jey Zi va qo‘shiqchi Beyonsening to‘ng‘ich qizi 7 yoshli Blyu Ayvi — taniqli bola. Ota-onalar ko‘pincha ularni konsert va ijtimoiy tadbirlarga olib boradi.

4. Viktoriya Bekxem va Xarper Seven Bekxem

7 yoshli Xarper futbolchi Devid Bekxem va dizayner Viktoriya Bekxemning yagona qizi. Tug‘ilganidan so‘ng ota-onasi uni kameralardan yashirmadi va bugungi kunda uning fotosuratlari ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida.

5. Devid  Bekxem va Kruz Bekxem

Kruz — Bekxemlarning eng kichigi. Uning ismi oilaning yaqin do‘sti aktyor Tom Kruz sharafiga qo‘yilgan. 14 yoshli yigitcha musiqaga juda qiziqadi. 11 yoshida u o‘zining ilk qo‘shig‘ini taqdim etgan.

6. Dryu Berrimor va Oliv Berrimor-Kopelman

Aktrisa Dryu Berrimor va art-maslahatchi Uill Kopelmanning 2 qizi bor: Oliv (8 yosh) va Frenki (5 yosh). Dryuning o‘zi ilk bor televizor ekranlariga 11 oyligida paydo bo‘lgan. Ammo intervyularidan birida u farzandlari kinoda suratga tushishini istamasligini aytgan.

7. Kim Kardashyan va Nort Uest

5 yoshli Nort reper Kane Uestning to‘ng‘ich qizi va Kim Kardashyanning teleshousi yulduzi.

8. Jennifer Lopes va Emma Meribel Munis

2008-yilda musiqachi Mark Entonining va qo‘shiqchi Jennifer Lopesning Maksimillian Devid va Emma Meribel egizak farzandlari bor. Ularning onasi birgalikdagi suratlarini o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo‘lishadi.

9. Jessika Simpson va Maksvell Dryu Jonson

Tabiiy mallasoch, 7 yoshli Maksvell — futbolchi Erik Jonson va qo‘shiqchi Jessika Simpsonning to‘ng‘ich qizi.

10. Orlando va Flinn Blum

8 yoshli Flinning ota-onasi Orlando Blum va Miranda Kerr o‘z farzandini begona ko‘zlardan ehtiyot qiladi. Model farzandi bilan suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga qo‘ymaydi. Biroq Flinn doim paparatsiya nishonida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют