» » AQShda politsiya xodimlari bexosdan 3 nafar yosh bolani otib qo‘ydi

AQShda politsiya xodimlari bexosdan 3 nafar yosh bolani otib qo‘ydi


AQShning Oklahoma shtati politsiyachilari o‘g‘irlikda gumon qilinayotgan mashinaga o‘t ochib, 3 nafar bolani yarador qildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Voqea Texas shtatiga chegara hudud Xyugo shahri yaqinida bo‘lib o‘tgan. Oklahoma qidiruv byurosi vakilining so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari gumondor jinoyatchi bilan “gaplashib olmoqchi” bo‘lgan, keyin esa o‘q uza boshlagan.

Gumondor — 21 yoshli Uilyam Smit ham yaralangan. Barcha yaradorlar kasalxonaga keltirilgan. Xabarda aytilishicha, mashinada 4 nafar voyaga yetmagan bola va gumondorning rafiqasi bo‘lgan. Jarohatlanganlarning yoshi va ahvoli haqida ma’lumotlar yo‘q.

Smit 11-aprelda Xyugo shahridagi Pizza Hut restoranida bo‘lib o‘tgan o‘g‘irlikda gumon qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют