» » Okeanlarda 200 mingga yaqin yangi viruslar aniqlandi

Okeanlarda 200 mingga yaqin yangi viruslar aniqlandi


Yangi viruslar haqidagi ma’lumotlar Tara Oceans ekspeditsiyasi natijasida kelib tushgan, deya xabar beradi National Geographic.

Tahlil uchun dunyo okeanining turli qismlaridan bir necha ming suv namunalari olingan. Alohida e’tibor Shimoliy Muz okeani suvlariga qaratilgan.

Namunalarni yer usti laboratoriyalari, xususan, Yevropa Molekulyar biologiya laboratoriyasi o‘rgangan. Natijada 195 728 avval ma’lum bo‘lmagan virus populyatsiyalari topilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo okeanini besh hududga (ikkita uzoq Arktika mintaqasini o‘z ichiga olgan) ajratish mumkinligi taxmin qilingan.

Shu asosda olimlar qonuniyatlarning qanday ishlashini aniq tushunish va dunyo okeanining ekotizimini o‘rganish bo‘yicha, keyingi insoniy harakatlarda olingan bilimlardan foydalanish kabi yangi global vazifaga duch kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют