» » Tinch okeanidagi ulkan axlat to‘dasini davlat deb e’lon qilish taklif etilmoqda

Tinch okeanidagi ulkan axlat to‘dasini davlat deb e’lon qilish taklif etilmoqda


Tinch okeanining shimoliy qismida odamlar ta’siri ostida kelib chiqqan chiqindilar to‘dasi “Sharqiy axlat qit’asi”, “Katta Tinch okeani axlat dog‘i” kabi nomlar bilan atalmoqda, deb yozadi National Geographic.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, “axlat qit’asi” 700 ming kvadrat km maydonni egallaydi, bu Texas shtati yoki butun Fransiya hududi maydoniga teng. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha esa ifloslangan hududning maydoni 15 million kvadrat kilometrga yetadi, bu Rossiya maydonidan atigi 2 million kvadrat kilometrga kam demakdir.

Ekologlar muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratishga urinib, virusli kampaniyani ishga tushirdi, uning doirasida quruqlikni Trash Isles — Axlat orollari nomli davlat deb e’lon qilish taklif etilmoqda.

Aktivistlar bayroq, pasport, chegara muhrlari, banknota va pochta markalari dizaynini ishlab chiqdi. Change.org saytiga Trash Isles’ni davlat deb e’lon qilish talabi bitilgan petitsiyani joylashdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют