» » Amerikalik professor naq bir yil axlat qutisida yashadi, ammo unga achinishga shoshilmang (foto)

Amerikalik professor naq bir yil axlat qutisida yashadi, ammo unga achinishga shoshilmang (foto)


Texas universitetining ekologiya bo‘yicha professori Jeff Uilson katta uy yoki xonadonsiz ham shinam va qulay hayot kechirish mumkinligini juda noodatiy tajriba orqali ko‘rsatib berishga qaror qildi, deb yozadi AdMe.

Bir necha yil oldin Uilson 230 kvadrat metr maydonli uyda yashagan, ammo xotini bilan ajrashgach, uyidan besh marta kichik xonadonni ijaraga olgan. O‘shandayoq professor yashash uchun axlat qutisiga ko‘chib o‘tish rejasini tuza boshlagan.

U 3 kvadrat metr maydonli axlat qutisida bir yil yashashga qaror qilib, o‘zining barcha buyumlarini sotib yubordi, faqat kiyimlari solingan kichik jomadonnigina qoldirdi.

2014-yilda Jeff “yangi uyi”ga ko‘chib kirdi. Ilk olti oy davomida u hech qanday o‘zgarishlar qilmadi va konteyner tubiga joylangan karton qutilar ustida uxladi.

Keyinroq, o‘ziga yashash uchun qanday qulayliklar zarur ekanligini tushungach, professor konditsioner o‘rnatdi, konteyner tubiga pol qo‘ydi, devorlarni oq rangga bo‘yadi.

U o‘z boshpanasini yorqin gilamlar, dekorativ gazlamalar bilan bezadi. Kichik ko‘rpacha va yostiqlardan shinam yotoq o‘rnini yasadi.

Endilikda bu haqiqatan ham oddiy axlat konteyneri ekanligiga ishonish qiyin, axir unda zarur narsalarning barchasi, jumladan, elektr toki, hojatxona va ovqat pishirish uchun kichik plita ham bor.

Texaslik professor o‘zining noodatiy loyihasi orqali kichikroq maydonda yashab, suv va energiyani tejash va minimal miqdorda chiqindi qoldirish mumkin ekanligini ko‘rsatib berdi. Va eng asosiysi, bizning baxtli va qulay yashashimiz biz tushgan muhit va sharoitga emas, faqat o‘zimizga bog‘liq.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют