» » Nyu-yorklik shifokor mashinada politsiyachining oyog‘ini bosib ketdi. Ammo unga 1,2 mln dollar tovon puli to‘landi

Nyu-yorklik shifokor mashinada politsiyachining oyog‘ini bosib ketdi. Ammo unga 1,2 mln dollar tovon puli to‘landi


Doktor Reychel Vellner o‘zining Volvo mashinasida politsiyaning oyog‘ini bosib olgani uchun hibsga olinayotgan paytda “Men qahramonman, politsiya esa qahramon emas”, degan, deya xabar berdi Forum Daily.

Voqea 3 yil oldin sodir bo‘lgan. Politsiya 2016-yil fevralda shahar markazida uning mashinasini to‘xtatib, uni itarib, keyin qo‘lidan ushlab qolgani uchun u fuqarolik huquqlari buzilganini da’vo qilib, shahar sudiga murojaat qilgan. Shuningdek, tovon puli sifatida 30 million dollar talab qilgan.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, Vellner odamlarning hayotini saqlab qoladigan ishda ishlashi unga imtiyoz beradi deb o‘ylagan.

“Men shifokorman. O‘lim to‘shagida yotgan bemorlarim bor. Men ketishim kerak”, — degan Vellner politsiya uni to‘xtatganida.

Keyinchalik shifokor jamoat tartibiga yo‘l qo‘ygan xatosini tan olgan  va 10 kun jamoat ishlariga hukm qilingan. Lekin 2016-yil sentabrda u tovon puli so‘rab, shahar sudiga murojaat qilgan.

Ofitser Nigel Vega sudda shifokorning mashinasini to‘xtatganda, haqiqatan ham unga nisbatan jismoniy harakat ishlatganini tan olgan. Shundan so‘ng Vellnerga 1,2 milion dollar tovon puli to‘lashga hukm chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют