» » KXDR qamoqxonasidan chiqib vafot etgan amerikalik talabaning oilasi 1 mlrd dollar tovon puli talab qildi

KXDR qamoqxonasidan chiqib vafot etgan amerikalik talabaning oilasi 1 mlrd dollar tovon puli talab qildi


KXDRdagi qamoqxonada ozodlikka chiqqach, vafot etgan amerikalik talaba Otto Vombiyerning ota-onasi mamlakat hukumatidan 1 milliard dollar tovon puli undirib berish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Vombiyerning oilasi 2018-yilning aprelida Kolumbiya okrugidagi sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, KXDR talabani noqonuniy tarzda hibsda ushlab turgani oqibatida uning vafot etganini bayon qildi.

Qayd etilishicha, o‘sha paytda da’vo arizasida kompensatsiya miqdori ko‘rsatilmagan edi.

Marhum talabaning ota-onasi da’vo arizasini o‘zgartirib, KXDRdan bir milliard dollar tovon puli va 46 million dollar ma’naviy zarar undirib berishni talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu summa KXDRning 2015-yildagi yalpi ichki mahsuloti hajmining 2,5 foiziga teng.

Otto Vombiyer KXDRga sayyoh sifatida tashrif buyurgan edi. U mehmonxona devoridan siyosiy plakatni yirtib tashlamoqchi bo‘lgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U sudda aybini tan olgan, shundan so‘ng “Koreya xalqi birdamligini buzishga uringanlikda” aybdor deb topilgan.

Davlat departamenti ishtiroki bilan u 13-iyun kuni ozodlikka chiqarilgan va 19-iyun kuni vafot etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют