» » Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va YTTB o‘rtasida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma Hamkorlik dasturini tayyorlash, kichik biznes sub’ektlari loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashishga doir tadbirlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

YTTB rahbari Suma Chakrabarti Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, mazkur bank bilan hamkorlik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida YTTBning 500 million dollardan ziyod mablag‘ini jalb etgan holda 54 loyiha hayotga tatbiq etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют