» » La Liga. “Real” so‘nggi o‘rindagi jamoaga yutqazib qo‘ydi (video)

La Liga. “Real” so‘nggi o‘rindagi jamoaga yutqazib qo‘ydi (video)


28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida 5 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Zinedin Zidan qo‘l ostidagi “Real Madrid” jamoasi “Rayo Valyekano” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 23-daqiqasida hakam tomonidan Tibo Kurtua darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan maydon egalari yarim himoyachisi Adrian Embarba unumli foydalanib, gol urdi.

Shu tariqa “Qirollik klubi” musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgan klubga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi (0:1).

Eslatib o‘tamiz, madridliklar 65 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

La Liga

35-tur bahslari

28-aprel, yakshanba

Gol: 0:1 — 90 Charlz

Gol: 1:0 — 62 Portu

Gollar: 1:0 — 21, penalti, Joze, 2:0 — 53 Oyarsabal, 2:1 — 89 Saiz

Gollar: 1:0 — 30 Fornals, 1:1 — 78 Avila

Gol: 1:0 — 23, penalti, Embarba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют