» » Amerikadagi 10 ta eng yomon kasb (foto)

Amerikadagi 10 ta eng yomon kasb (foto)


4/7 Wall Street 2018-yil uchun CareerCast ishga joylashish va bandlik sayti tomonidan qilingan hisobotlarini o‘rganib chiqib, Amerikadagi eng yomon kasblarni aniqladi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Hisobotda keltirilgan 200 dan ortiq kasb stressga sabab bo‘lishi, mehnat sharoiti, kasbiy istiqbol va daromadi bo‘yicha baholangan.

Obyektlarni bo‘yash jismonan qiyin ish bo‘lishi mumkin. Chunki binoning hamma joyi bo‘yalishi uchun ba’zan tiz cho‘kib, ba’zan egilib, ba’zan cho‘zilib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ba’zi bo‘yoqchilar ko‘priklarni yoki baland binolarni bo‘yashi kerak va bu jiddiy xavfni keltirib chiqaradi.

Garchi umumiy bandlik kelgusi yillarda 7 foizga oshishi kutilayotgan bo‘lsa ham, AQShda reklama savdosi xodimlari soni qisqarib ketadi. Bu kasbning qiyinchiliklaridan biri gazeta va jurnallarda reklama uchun ajratilgan joylarni sotish hisoblanadi. Online mahsulotlar savdosi rivojlanayotgan bir paytda, reklama savdosi sekin-asta biznesdan chiqib ketadi. Natijada reklama agentliklariga bo‘lgan ehtiyoj ham kamayadi. Odamlar savdo rejasini bajarishga harakat qilib, kuchli bosim ostida qoladi.

Radio va televideniyeda reklamadan tushadigan daromad kamayishi tufayli kompaniya ko‘p sonli muxbirlarni ishga ololmaydi. Garchi bu ish kamida bakalavr darajasini talab qilsa-da, bu yerda o‘rtacha yillik ish haqi AQShdagi har qanday kasb uchun o‘rtacha hisoblangan 37 690 dollardan yuqori emas.

Garchi bu ish orzu kabi ko‘rinsa-da, DJ yoki Disk jockey yaqin kelajakdagi ish o‘rnining eng kuchli pasayishiga duch keladi. Musiqa va podkastlarning ko‘payishi bilan, timglovchilar musiqa eshitishning radiodan boshqa variantlarini tanlay boshlaydi.

2016-yilning oxirida AQShda mahbuslar soni 1,5 millionni tashkil etgan. Bu esa 2009-yildagi 1,6 milliondan kamayganini ko‘rsatadi. Mahbuslar sonining kamayishi, shuningdek, budjet muammolari axloq tuzatish koloniyalarida xodimlar sonining qisqarishiga olib keladi. Ko‘pincha mahsublarning zo‘ravonlik harakatlari natijasida ushbu muassasa xodimlari boshqa kasblar ichida eng ko‘p jarohat oladi va kasalliklarga chalinadi.

AQSh armiyasida xizmat qilish boshqa kasblardan tubdan farq qiladi. Chunki bu kasb egalari kuchli vatanparvar bo‘ladi. Shuning uchun ularni eng yomon kasb vakillariga kiritish noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ammo harbiylar juda kuchli stressda va eng qiyin mehnat sharoitida ishlaydi. Ayniqsa jangovar harakatlar hududida ishlaydiganlar uchun vaziyat juda og‘ir.  Ko‘pchilik harbiylar yiliga 30 000 dollardan kam topadi.

Chakana savdo bilan shug‘ullanadiganlar mijozlar bilan ishlaydi va buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Bundan tashqari, bu ish uchun AQShdagi eng kam ish haqi beriladi (mamlakatda o‘rtacha ko‘rsatkich — 37 690 dollar, sotuvchi esa atigi 24 200 dollar oladi). Online bozorning rivojlanishi bu sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

2026-yilga borib, gazeta muxbirlari soni 10 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Chunki gazetalar o‘quvchilarini va reklamadan tushadigan daromadni yo‘qotib bormoqda. Muxbirlar doimiy ravishda gazetxonlarning jiddiy nazorati va bosimi ostida ishlaydi. Nashrning qat’iy belgilangan muddati esa stress darajasini oshirib yuboradi. Jiddiy siyosiy mavzularni yoritgan muxbirlarga esa xatto o‘lim bilan tahdid ham qilinishi mumkin.

O‘rmonchilik Amerikadagi eng yomon ishlar ro‘yxatida 2-o‘rinda turadi. Chunki u juda xavfli kasbdir. 2017-yilda AQShda o‘rmonchilar bilan 55 ta o‘limga olib boradigan, 350 ta o‘limga olib bormaydigan jarohat kuzatilgan.  Bu kasbning yuqori darajada xavfli ekani sabab ko‘p kompaniyalar daraxtlarni kesish jarayonini avtomatlashtirishga harakat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi. Hatto xavfsiz darajada bo‘lganda ham o‘rmonchilik jismonan qiyin kasb hisoblanadi, evaziga esa juda kam haq to‘lanadi.

Kam ish haqi, bandlikning sekin o‘sishi, kuchli stress va yoqimsiz mehnat sharoiti bu kasbni Amerikadagi eng yomon ishga aylantirgan. Taksi haydovchilari to‘liq sutka davomida, har qanday ob-havoda, doimiy tirbandlikda va qo‘pol yo‘lovchilar bilan ishlaydi. Oylik maosh esa ko‘ngildagidek emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют