» » AQShda o‘zbekistonlik uch muhojir odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidirilmoqda

AQShda o‘zbekistonlik uch muhojir odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidirilmoqda


AQSh Bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) odam savdosi va firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik uch muhojirni qidirmoqda, deb yozadi Forum Daily.

Ular 32 yoshli Rustamjon Shukurov, 35 yoshli Sanjar A’zamov va 30 yoshli Nodir Yunusovdir.

2005-yilning iyunida AQSh ICE va Ichki xavfsizlik departamenti O‘zbekistonning bir nechta fuqarolariga va noqonuniy muhojirlarni majburiy ishga joylash bilan shug‘ullangan Giant Labor Solutions (GLS) kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshlagan edi.

To‘rt yil davomida AQShda bir nechta maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari GLS faoliyatini kuzatgan. Natijada 2009-yil mayida kompaniyaga mehnatga majburiy yollash va chet elliklar bilan mehnat shartnomalari tuzishda firibgarlik qilish ayblovlari qo‘yildi.

O‘shanda tashkilotning ko‘pchilik a’zolari qo‘lga olingan, odam savdosining 40 dan ortiq qurbonlari qutqarilgan edi. Ammo GLS’ning bir nechta a’zolari qochishga muvaffaq bo‘ldi, ular orasida yuqorida nomlari keltirilgan o‘zbekistonliklar ham bor.

2010-yil yanvarida sud GLS fitnachilariga nisbatan ayblov hukmini chiqardi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют