» » O‘zbekistonda 41 sentner va undan yuqori hosil kutilayotgan xo‘jaliklarga topshirilgan don qiymatining 100 foizi hisob-kitob qilinadi

O‘zbekistonda 41 sentner va undan yuqori hosil kutilayotgan xo‘jaliklarga topshirilgan don qiymatining 100 foizi hisob-kitob qilinadi


Hukumat qarori bilan Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, tuman hokimi qarori bilan g‘alla yig‘imini tashkil etish hamda boshoqli don yalpi hosili va hosildorligini aniqlash maqsadida o‘rim-yig‘im otryadlari tuziladi.

G‘alla to‘liq o‘rib olinmaguncha kombaynlarning fermer dalasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘rim-yig‘im boshlanishidan oldin 41 sentner va undan yuqori hosil to‘plash haqida xulosa berilgan korxonalarga dastlabki bosqichda topshirilgan don qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Qolgan korxonalar uchun esa 85 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Hisob-kitob qilishda hosildorlik 41 sentner va undan yuqori bo‘lganda ustama, 40 sentnerdan kam bo‘lganida esa chegirma qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют