WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning ikkinchi qavati derazasidan o‘zini tashladi
Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning ikkinchi qavati derazasidan o‘zini tashladi
Toshkentdagi 17-sonli maktabda bugun, 29-aprel kuni soat 12:30 larda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi Repost.
Maktabning 9-sinfida o‘qiydigan qiz ikkinchi qavat derazasidan pastga sakragan.
Qayd etilishicha, o‘quvchi qiz onasining sinf rahbari bilan gaplashishga kelganini bilib, shu tarzda maktabdan qochib ketmoqchi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida maktab o‘quvchisiga o‘ng sonning yopiq sinishi, chap sonning ochiq sinishi, umurtqa pog‘onasi bel qismining jarohatlanishi tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?