» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkentda 6-qavatdan tushib ketgan talaba qiz haqida rasmiy bayonot berdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkentda 6-qavatdan tushib ketgan talaba qiz haqida rasmiy bayonot berdi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat texnika universitetining yotoqxona derazasidan tushib ketgan talaba qiz haqida rasmiy bayonot berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, voqea 27-mart kuni soat 21:30 da sodir bo‘lgan. “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetining 2-bosqich, 2-17 guruh talabasi Sh.U. Ziyo mahallasida joylashgan 63-son talabalar turar joyining 609-xonasida ochiq turgan deraza oynasidan 6-qavatdan pastga yiqilib tushgan.

Talaba Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinakasiga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan bosh miya ochiq jarohati, kalla asos gumbaz suyagi sinishining bo‘linib sinishi, bosh miya pardalari ostiga, to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, chap son suyagi ochiq sinishi, o‘ng tomondan 3—5-qovurg‘alar sinishi, to‘sh suyagi sinishi, ikkinchi o‘pka yorilishi tashxisi qo‘yilgan.

28-mart kuni soat 00:44 larda talaba olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

“Sh.U. tabiatan og‘ir va bosiq bo‘lgan, hech kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida hech qanday muammolari bo‘lmagan. O‘qishda a’lo baholarga o‘qigan, xulqi namunali, talabalar orasida hurmatga ega va o‘zining faolligi bilan ajralib turgan”, — deyiladi xabarda.

28-mart kuni “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti dekani va bir guruh professor-o‘qituvchilar talabaning Parkent tumanidagi uyiga tashrif buyurgan. Suhbat davomida qizning onasi qizida yurak yetishmovchiligi bo‘lgani, bosh miya bosimining ortishidan shikoyat qilib turganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda talaba qiz yotoqxona derazasidan o‘zini tashladi

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: Toshkentda 6-qavatdan tushib ketgan talaba qiz vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют