» » Ilhom Haydarov: Cotton Campaign’ning o‘zbek paxtasiga nisbatan boykoti yaqin oylarda bekor qilinishi mumkin

Ilhom Haydarov: Cotton Campaign’ning o‘zbek paxtasiga nisbatan boykoti yaqin oylarda bekor qilinishi mumkin


Yaqin vaqt ichida Cotton Campaign’ning O‘zbekiston paxtasiga nisbatan boykoti bekor qilinishi mumkin, ayni vaqtda boykot, masalan, Yevropadagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilishga xalal bermayapti. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmsi raisi Ilhom Haydarov “Daryo” muxbiriga ma’lum qildi.

Mahsulotlarimizni eksport qilish jarayonida ayrim chet el korxonalari boykot masalasini hal qilishni, keyin mahsulotni sotib olishini aytadi. Bu norasmiy to‘siq va bu O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini hech kim xarid qilmaydi, degani emas. Masalan, Yevropa bozorlaridagi savdoni kengaytirib boryapmiz. Italiya, Belgiya va Germaniya ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilyapmiz.

Ilhom Haydarov, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi 

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining tarixda ilk bor Cotton Campaign’ning 2019-yil fevrali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qatnashgani xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakat rahbariyatining inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikka tayyorligi sifatida olqishlangan. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbarining fikricha, Cotton Campaign tomonidan O‘zbekiston paxtasiga nisbatan qo‘yilgan to‘siqlar yaqin oylarda olib tashlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, uzoq yillar davomida paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois, O‘zbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan “qora ro‘yxatlar”ga kiritilgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilar O‘zbekiston paxtasini boykot qilgan edi. Ammo so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgarmoqda — Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimiga bolalarni tizimli jalb etish to‘xtatilgan, bundan tashqari, 2018-yilgi mavsumda terimchilarning 90 foizi o‘z xohishiga ko‘ra dalalarga chiqqan.

Shu munosabat bilan AQSh ma’muriyati O‘zbekiston paxtasini “qora ro‘yxatlar”dan chiqardi, AQSh davlat idoralariga O‘zbekiston paxtasini sotib olishga ruxsat berildi. Shunga qaramay, O‘zbekiston paxtasi Cotton Campaign’ning boshqa “qora ro‘yxati”da qolmoqda. Ushbu xalqaro koalitsiyaga kiruvchi tuzilmalar O‘zbekistonga nisbatan boykotni bekor qilish hali erta ekanligini bildirgan, bunga sabab sifatida mamlakatda majburiy mehnat holatlari hali ham borligini keltirgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston paxtasini boykot qilish va sotish zanjirlaridan chiqarib tashlashga rozilik bergan aniq brendlarning ro‘yxati mavjud (ular orasida Adidas, Amazon, Burberry, Disney, Forever 21, Gap, Gucci, Ikea, Lacoste, Nike, Puma, Uniqlo, Zara kabilar bor). Ushbu ro‘yxat muntazam kengaymoqda — 2019-yil yanvarida 310 ta kompaniya bo‘lgan, aprel oyiga kelib ularning soni 313 taga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют