» » Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qator maktablarda “o‘quvchi” tadbiri o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qator maktablarda “o‘quvchi” tadbiri o‘tkazildi


“Barchasi o‘z qo‘lingda!” targ‘ibot dekadasi doirasida Kattaqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bu borada huquq-tartibot organlari hamda keng jamoatchilik nazoratini mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Loyiha doirasida o‘tkazilgan “o‘quvchi” reydi ham shular jumlasidandir, deb yozmoqda “Zarnews”.

Mazkur tadbirda Payshanba dehqon bozorida maktabga bormasdan, darslarga qatnashmasdan yollanma mehnat bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar natijasida tumandagi 3, 5, 18 hamda 77-umumta’lim maktablarining o‘quvchilari dars vaqti bo‘lishiga qaramasdan bozorda yurgani aniqlandi. Tadbir davomida o‘quvchilar, avvalo, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular ta’lim olayotgan maktablarning direktorlari, sinf rahbarlari hamda ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilib, farzandlariga e’tiborsiz bo‘lmasligi bo‘yicha ogohlantirishlar berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют