» » ToshPTI akademik litseyi o‘quvchisi Islom Karimov kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotini O‘zbekistonga sovg‘a qilmoqchi

ToshPTI akademik litseyi o‘quvchisi Islom Karimov kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotini O‘zbekistonga sovg‘a qilmoqchi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 20—27-aprel kunlari kimyo fanidan o‘tkazilgan 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi g‘oliblari Toshkent aeroportida kutib olindi. O‘zAning xabar berishicha, olimpiadada 29 ta davlatdan 170 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan.

O‘zbekiston nomidan qatnashgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchilari — Islom Karimov oltin, Ulug‘bek Boyirbekov kumush, Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi Diyor Hayitov kumush va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi Mohira Boltayeva bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, ajratilgan kvotadan tashqari ishtirok etgan yana bir ishtirokchi — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Mirumid Mirakbarov kumush medal sohibiga aylangan.

Oltin medal egasi Islom Karimov o‘tgan yili Belarusda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. “Qaysi kasb egasi bo‘lishimdan qat’i nazar, faqat va faqat yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaman. Kimyo sohasida esa O‘zbekistonga hali Nobel mukofotini sovg‘a qilaman”, — deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют