» » Samarqandda palov va non festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

Samarqandda palov va non festivali bo‘lib o‘tdi (foto)


Samarqandda 27-aprel kuni Teatr maydonida palov va non festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Tadbir Samarqand shahar hokimligi va viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida tashkil qilindi.

Tashkilotchilar 7 ta qozonda 150 kilogram guruchdan palov tayyorlashni  reja qilgan edi. Lekin yomg‘irli ob-havo bo‘lgani uchun 4 ta qozonda osh damlandi.

Samarqand ahli va mehmonlari o‘zbek milliy taomining tayyorlanish jarayonini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Samarqandlik novvoylar o‘z mahoratini ko‘rsatib, 40 dan ortiq turdagi obi nonlarni taqdim etdi.

Tadbirga, shuningdek, usta hunarmandlar ham taklif qilingan edi. Festival doirasida do‘ppilar bayrami bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют