» » The Guardian: Palov — O‘zbekistonning milliy ehtirosi

The Guardian: Palov — O‘zbekistonning milliy ehtirosi


The Guardian nashri “Palov: O‘zbekistonning milliy ehtirosi” nomli maqola e’lon qildi. Nashr fud-blogeri o‘zi Samarqandda, Firdavsiy ko‘chasida joylashgan oddiygina restoranda tanovul qilgan palov haqida gapirib bergan. Uni “oddiy palov emas, haqiqiy palov” deya ta’riflab, osh solingan ulkan laganni ikki ofitsiant dasturxongacha olib kelganini qo‘shimcha qilgan.

“Palov butun Markaziy Osiyo bo‘ylab tayyorlansa-da, u aynan O‘zbekistonning milliy ehtirosi, u yerda odamlar bu mazali taomni tayyorlash qobiliyatlaridan faxrlanadi. Eng iste’dodli oshpazlar to‘ylarda va bayramlarda bitta qozonda ming kishi uchun osh tayyorlay oladi. Ehtimol, palov ustalari bo‘lmish o‘zbeklar uchun bu taom, mehmondo‘stlik, jamoatchilik va o‘ziga xoslik belgisidir”, — deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, sayohatchilar azaldan palov haqida ko‘plab fikrlar bildirib kelgan. Xususan, Arminiy Vamberi 1863-yilda yozilgan “Sayohatchilar Markaziy Osiyoda” kitobida samarqandcha palov haqida shunday yozgan: “Hashamatli palov bir qop guruch, bo‘laklarga bo‘lingan uchta qo‘y, bir tova qo‘y yog‘i va bir qopcha guruchdan iborat”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют