» » Olmaliqda ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Damas va traktor topshirildi

Olmaliqda ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Damas va traktor topshirildi


Olmaliq shahridagi “Tojmahal” tantanalar majmuasida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurahim ota Mavlonovning 100 yoshlik yubileyi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Belarusning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi, Prezident administratsiyasi mas’ul xodimlari, Toshkent viloyati hokimligi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Abdurahim Mavlonov ikkinchi jahon urushida Belarusni nemis-fashist bosqinchilaridan ozod etishda qatnashgan, qahramonlik ko‘rsatgan.

Tadbirda Abdurahim otaga Prezident sovg‘asi — Damas mashinasi kaliti topshirildi.

Belaruslik mehmon o‘z so‘zida mamlakatni nemis-fashistlardan ozod qilishda ko‘rsatgan jasorati uchun Abdurahim Mavlonovga tashakkur izhor qildi. “Belarus xalqi va davlati siz kabi insonlarni hamisha yodda saqlaydi va unutmaydi. Shu yil 3-iyun kuni Belarusning fashizm balosidan ozod qilinganiga 75 yil to‘ladi. Oradan qancha vaqt o‘tsa ham biz o‘sha og‘ir kunlarda xalqimizga yordam bergan sobiq ittifoq askarlarini sharaf bilan yodda saqlaymiz”, — dedi elchi.

Abdurahim Mavlonovga Belarus xalqi va davlati nomidan MTZ turkumiga mansub traktor hamda minnatdorlik maktubi va faxriy yorliq topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 23:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют