» » Sankt-Peterburg shifokorlari tashlab ketgan jasad yonida bolalar uch soat davomida o‘ynab yurgan

Sankt-Peterburg shifokorlari tashlab ketgan jasad yonida bolalar uch soat davomida o‘ynab yurgan


Marhumning jasadi Sankt-Peterburg shifokorlari tekshiruvidan so‘ng, bolalar o‘ynayotgan sport maydonchasi yonida taxminan uch soat davomida qoldirib ketilgan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Shu huddudda yashovchilardan biri jasad atrofida o‘ynayotgan bolalarni videoga muhrlagan. Unda turar joy binosining hovlisida bir nechta o‘smir oq choyshab ostida skameykada yotgan erkak yonida to‘p o‘ynagan. Guvohlar dastlab uni uysiz uxlab yotgan odam deb qabul qilgan, keyin uni uyg‘ota olmagach tez yordam chaqirgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar o‘limni qayd etgan. Shifokorlar maxsus brigadani chaqirib, erkakning ustini oq choyshab bilan yopib o‘zlari ketgan. Erkakni o‘likxonaga olib ketish uchun taxminan uch soat ketgan — bu vaqt oralig‘ida uning atrofida onalar aravachalarda farzandlarini sayr qildirib yurgan, bolalar esa o‘ynab yurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют