» » Tuladagi supermarketda o‘zbekistonlik kassir ayol xaridorlar ko‘z o‘ngida pichoqlab ketildi

Tuladagi supermarketda o‘zbekistonlik kassir ayol xaridorlar ko‘z o‘ngida pichoqlab ketildi


Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Pyatyorochka” supermarketi kassiri xaridorlar ko‘z o‘ngida pichoqlab ketildi, deb xabar berdi  “Nuz.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 29-aprel kuni sodir bo‘lgan. Erkak ayolga pichoq bilan 20 ta zarba berib, voqea joyidan qochib ketgan. Supermarket qo‘riqchilari uni to‘xtatmagan.

Kassir ayol uch nafar farzandi bor o‘zbekistonlik Umida S. bo‘lib, u olgan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.

Politsiya qisqa fursatda gumonlanuvchi 34 yoshli mahalliy fuqaro Andrey K. ekanligini aniqlagan va u qidiruv ishlarida qo‘lga olingan. Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, jinoyatchi kassir qiz bilan qo‘shni bo‘lib, ular o‘rtasida erkakning xatti-harakatlari sababli avval ham kelishmovchilik bo‘lgan. U spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilib, musiqani ko‘pincha baland ovozda eshitgan. Umida S. musiqani pasaytirishni so‘rab bir necha marta ogohlantirgan. Lekin erkak uning gaplariga e’tibor qilmagan va qasddan ayolning ko‘cha eshigini buzgan. Shundan so‘ng ayol politsiyaga arz qilishini aytib tahdid qilgan.

Qayd etlishicha, Andrey K. avval ham qonunbuzarlik sodir etgan. 2012-yilda mast holda yurgani uchun shaxsini aniqlash maqsadida tekshirmoqchi bo‘lgan YPX inspektorini haqorat qilgan. Andrey K. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va sud unga jazo sifatida 30 ming rubl miqdorida jarima tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют