» » O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatoriga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatoriga maktub yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya imperatori Akixitoga maktub yo‘lladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari o‘z maktubida imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar – Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bo‘lganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e’tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют