» » Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi


Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Akixitoga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari o‘z maktubida imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar — Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bo‘lganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e’tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Yaponiyaning 125-imperatori bo‘lgan 85 yoshli Akixito bugun, 30-aprel kuni rasman taxtdan voz kechdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют