» » Yaponiya imperatori 2019-yil aprelida taxtni valiahdga topshiradi

Yaponiya imperatori 2019-yil aprelida taxtni valiahdga topshiradi


Yaponiya imperatori Akixito 2019-yil 30-aprelda taxtni valiahdga topshiradi, 1-maydan yangi imperatorning boshqaruv davri boshlanadi. Imperator oilasi bo‘yicha ishlar komissiyasi yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Mazkur komissiyaga imperator oilasi va hokimiyatning barcha tarmoqlari vakillari kirdi. Komissiyani Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe boshqardi. Uning yig‘ilishi 25 yil mobaynida birinchi bor o‘tkazildi.

O‘tgan yil avgustida imperator millatga telemurojaatida keksa yoshi (Akixito 84 yoshda) sababli majburiyatlarini bajarish qiyinchilik tug‘dirayotgani va taxtni valiahdga topshirish niyatida ekanligini bildirgandi.

Imperatorning taxtdan voz kechishi mamlakat tarixida 200 yil davomida ilk bor yuz beradi. Taxtni Akixitoning katta o‘g‘li shahzoda Naruxito egallaydi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют