» » Qamashida uyidagi novvoyxonaga noqonuniy elektr ulab olgan fuqaro davlatga qariyb 14 million so‘m zarar yetkazdi

Qamashida uyidagi novvoyxonaga noqonuniy elektr ulab olgan fuqaro davlatga qariyb 14 million so‘m zarar yetkazdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining 2019-yil 19-apreldagi sayyor sud majlisida tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 13 million 738 ming so‘m zarar keltirgan fuqaro S.O‘roqov ishi ko‘rib chiqilib, unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matubot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova xabar bermoqda.

MIB Qamashi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2017-yil 18-oktabrda o‘tkazilgan monitoring davomida tumandagi “Gulshan” MFYda yashovchi fuqaro S.O‘roqov qonunga zid ravishda yashash uyidagi novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, bir dona loy tandir ichiga qo‘lbola spiral o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan. Oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 6 million 178 ming 52 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 101-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilgan.

Bundan tegishli xulosa chiqarmagan iste’molchi keyinchalik umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish jinoyatini sodir qilgan. 2018-yil 15-noyabrdagi navbatdagi reydda fuqaro yashash hovlisidagi novvoyxonada qo‘lbola loy tandirga metal simni o‘rab spiral yasab, ushbu spiralni yashash uyi yonidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga, ya’ni 0.4 kVt havo liniyasiga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, reyd o‘tkazilgan kunga qadar 30 240 kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasiga 7 million 560 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Sayyor sud majlisida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 185/2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 7 oy muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlangan. Yetkazilgan zararni tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga undirish belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют