» » Evos Andijonda o‘zining yangi shoxobchasini ochdi

Evos Andijonda o‘zining yangi shoxobchasini ochdi


Andijon shahrida 26-aprel kuni fast-fud yeguliklar tarmog‘i hisoblangan Evos’ning yana bir yangi shoxobchasi ish boshladi.

Tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurganlar fast-fud tarmog‘ining unutilmas ta’mli taomlari va mazali shirinliklaridan bahramand bo‘lish bilan birga qiziqarli o‘yinlarida ham ishtirok etdi. Lavashni kim tez yeyish musobaqasi va eng katta sovrini televizor bo‘lgan lotereya o‘yinida kelgan mehmonlarga sovg‘alar ulashildi.

Tarmoq o‘z an’anasiga sodiq qoldi: taniqli boshlovchi Dilshod Mirzamurodov yig‘ilganlarga kayfiyat ulashgan holda ochilish marosimidagi eng qiziqarli dasturlarini olib bordi. Bundan tashqari, tadbirda kimyogarlar shousi va pufakchalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bolajonlar ulkan “qo‘g‘irchoqlar” bilan quvnab o‘ynadi va onajonlari bilan Evos’ning doimiy mehmoni bo‘lgan ayiqlar oldida rasmga tushdi.

“Biz fud-kortlarga katta qiziqish borligini payqadik, chunki bunday joylarda odamlar sayr qiladi, farzandlari bilan hordiq chiqaradi, xaridlarni amalga oshiradi va shu yerning o‘zida ovqatlanish ularga qulay. Shuning uchun ham biz bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlab, mamlakat bo‘ylab ko‘plab filiallarni ochish niyatidamiz”, — dedi Evos kompaniyasi xodimi.

Uning aytishicha, nafaqat Toshkentda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab imkon qadar ko‘proq shoxobchalarni ochish rejalashtirilgan.

“Chunki doimiy mijozlarimiz mamlakatning boshqa shaharlariga borganida ham Evos’dan tanovul qilishni istaydi. Biz o‘z o‘rnimizni saqlash, sifatni yo‘qotmaslik, ayni vaqtda tarmog‘imizni imkon qadar kengaytirishga harakat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi muassasa vakili.

Andijondagi Evos manzili: Andijon shahri, Cho‘lpon shoh ko‘chasi, 10-uy, “O‘zbegim” majmuasi.

Telefon: +998 91 612 73 70

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют