» » O‘zbekistondagi 3 ta MChJda nohalol raqobat holati bartaraf etildi

O‘zbekistondagi 3 ta MChJda nohalol raqobat holati bartaraf etildi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga kelib tushgan “Sheris rent group” MChJning nohalol raqobat holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atish so‘ralgan murojaatiga binoan tekshiruv ishlashi olib borildi. Bu haqda O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kompaniya qonunchilikda belgilangan tartibda Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatori bo‘yicha 29-sinfga mansub mahsulotlarga (kolbasa mahsulotlari) tovar belgilarini ro‘yhatdan o‘tkazgan. Biroq, “Kozimjon omad” MChJ, “Premium meat products” MChJ va “Myasodeloff” XKlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan kolbasa mahsulotlarining o‘ramida “Sheris rent group” tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida aynan o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanganliklari ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi ma’lumotiga ko‘ra, “Kozimjon omad” MChJ, “Premium meat products” MChJ va “Myasodeloff” XKlar o‘z mahsulotlarida foydalanayotgan belgilarni ro‘yhatdan o‘tkazish uchun Agentlikka murojaat qilmagan. Ko‘rsatilgan tashkilotlarning mahsulotlaridagi belgilar bo‘yicha o‘tkazilgan qiyoslov tahliliga ko‘ra, ular “Sheris rent group” MChJ tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida bir xil ekanligi aniqlangan.

Ma’lumot uchun: “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi birinchi qismida yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda tovarni raqobatchining tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yohud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan foydalanish ta’qiqlanishi belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilganlarga asosan, Qo‘mita tomonidan “Kozimjon omad” MChJ, “Premium meat products” MChJ va “Myasodeloff” XKlarga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi birinchi qismi, uchinchi xatboshisi talablarini buzilishi belgilari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

O‘rganishlar natijasida, ushbu talablar buzilgan deb topildi va ularga “Sheris rent group” MChJga tegishli bo‘lgan tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanib kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatish, ushbu belgilar tushirilgan kolbasa mahsulotlari o‘ramini yo‘q qilish va kelgusida bunday qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют