» » AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik ayol Massachusets shtatida o‘zbek maktabi ochmoqchi

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik ayol Massachusets shtatida o‘zbek maktabi ochmoqchi


Asli buxorolik Zilola Ashurova hozirda okean ortida kichik biznes faoliyatini yuritib kelmoqda. U AQShdagi hunarmandchilik bozorlariga chiqib, o‘zbek milliy kashta va adras buyumlari savdosi bilan shug‘ullanadi. Zilolaning eng katta orzusi AQShda, o‘zi yashab turgan Massachusets shtatida bolalar uchun o‘zbek maktabini ochish, bu haqda O‘zA yozadi.

“Shu orqali O‘zbekistonga bormagan o‘zbek oilalari farzandlariga milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etib, davlatimiz haqida ko‘proq ma’lumotlar bermoqchiman. Ana shunda bolajonlar O‘zbekistonda tug‘ilmagan bo‘lsa ham shu millatni, yurtni sevishni o‘rganadi”, — deydi vatandoshimiz.

Joriy yil AQShda keng nishonlangan Navro‘z bayrami arafasida Zilola Ashurovaning O‘zbekistonga bag‘ishlangan navbatdagi ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“AQShda o‘tkazilayotgan yirik festivallarda o‘zbek milliy liboslari, yurtimizning boy madaniyati va turizm salohiyatini aks ettiruvchi materiallar bilan ishtirok etib kelyapman. So‘nggi vaqtlarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydik. Xususan, ular O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallarini bizga yetkazib bermoqda. AQShda o‘tkazilayotgan ko‘rgazma hamda festivallarda mazkur targ‘ibot materiallarini dunyo sayyohlariga taqdim etayapmiz. Natijada yurtimizning turizm salohiyati amerikaliklarda qiziqish uyg‘otmoqda”, — deydi Z.Ashurova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют