» » O‘zbekistonda Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekistonda Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Hukumat qarori (363-son, 29.04.2019-y.) bilan Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Nizomga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operator bu soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish uchun yuridik shaxslarga beriladigan maqom hisoblanadi. Mazkur institut 2019-yil 1-fevraldan joriy etilgan.

Soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning reyestri yuritiladi.

Reyestrga kiritish uchun yuridik shaxslar Davlat bojxona qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Reyestrga kiritish uchun bir qator mezonlar mavjud. Ulardan biri yuridik shaxs kamida 3 yil tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lishi lozim.

Ariza 30 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Operator va maxsus soddalashtirishlar “A” va “B” toifalarga kiradi.

“A” toifadagi operatorga bojxona operatsiyalarni birinchi navbatda amalga oshirish, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va muddatini 20 kungacha kechiktirib, tovarlarni erkin muomalaga chiqarish kabi soddalashtirishlar beriladi.

“B” toifa operatorga esa bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va muddatini esa 60 kungacha kechiktirib, tovarlarni erkin muomalaga chiqarishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, nizom bilan operatorlarning huquq va majburiyatlari, ular ustidan monitoring yuritish tartibi ham belgilandi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют