» » O‘zbekistonda Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekistonda Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishga yer uchastkasi egalari bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan hamda yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari hokimning qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (buyurtmachi) hamda kadastr organlari tomonidan shartnoma asosida bajariladi.

Buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi.

Ajratilayotgan yer uchastkalari qurilish organlari bilan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelishilishi lozim.

Tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi ikki kun muddatda yer uchastkasi ajratish haqida qaror qabul qiladi.

Qaror asosida uch kunda yer uchastkasi chegaralari belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют