» » Adliya organlari fuqarolarning mulk huquqi kafolatlarini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi

Adliya organlari fuqarolarning mulk huquqi kafolatlarini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi


So‘nggi paytlarda fuqarolar adliya organlariga murojaat etib, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan ularga yetkazilgan zararlar o‘z vaqtida qoplanmayotganligini bayon etmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan adliya organlari tomonidan tegishli o‘rganishlar o‘tkazilib, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilab qo‘yilgan huquqlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan Namangan shahrida yashovchi fuqaro U. Yusupovning uy-joyi buzilgan bo‘lib, kompensatsiya mablag‘i o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Namangan shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U.Yusupovning manfaatida sudga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, mulkdor U.Yusupovga 106 million so‘m miqdorda kompensatsiya mablag‘i undirib berildi.

Xuddi shunday, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi tuman adliya bo‘limlari tomonidan mulkdorlar manfaatida sudlarga kiritilgan da’vo arizalari qanoatlantirilib, fuqarolarning foydasiga jami 505 million so‘m kompensatsiya mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor B.Otambetovning savdo do‘koni binosi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 163 million so‘m kompensatsiya mablag‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining aralashuvi bilan tadbirkorga undirib berildi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar o‘z vaqtida to‘lanmay mulk huquqi buzilayotgan fuqarolar Adliya vazirligining 1008 qisqa raqamli ishonch telefoni, vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining bevosita 71-236-29-63 raqami yoki info@minjust.gov.uz elektron pochtasi orqali murojaat etish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют