» » O‘zbekistonda yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonda yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘arma tashkil etiladi


O‘zbekistonda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashning yangi mexanizmi joriy etiladi. Bu Prezidentning “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan hukumat va hokimliklarning quyidagi takliflari ma’qullandi:

Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armani tashkil qilish;

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy byudjetlarning daromad qismi mablag‘lari jalb qilinishini nazarda tutish;

Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 09:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют