» » O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga kirakashlik bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga kirakashlik bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi


2018-yildan O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatish huquqi taqdim etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisi chog‘ida O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Kuchkarov ma’lum qildi, deb xabar beradi 1News.

Ta’kidlanishicha, yuridik shaxs tashkil etmay yoki firmaga ishga kirmay turib kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli litsenziyani olishi kerak bo‘ladi.

Yangi tartib to‘rt nafargacha yo‘lovchi o‘rindig‘i mavjud avtomobillarda odam tashishda amal qiladi.

Hozirgi kunda tijoriy asosda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga faqat yuridik shaxslar ega.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют