» » Notarial sohadagi shikoyatlar 44 foizga kamaydi

Notarial sohadagi shikoyatlar 44 foizga kamaydi


Adliya vazirligining matbuot xizmatidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, joriy yilning birinchi choragida adliya organlariga jismoniy va yuridik shaxslar yuborgan qariyb besh mingta murojaat ijobiy hal etilgan.

Misol uchun, ko‘rilgan choralar natijasida ming nafar fuqaro va tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi. Adliya organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari 717 nafar fuqaroni qabul qilib, ularning muammolarini atroflicha o‘rgandi va ijobiy hal etdi.

O‘tgan davrda Adliya organlari rahbariyati hududlarda 100 dan ortiq sayyor qabul o‘tkazdi. Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar shular sirasidandir. Unda o‘nlab fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi, jumladan 11 nafar yoshlarning ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Murojaatlarni hal etish yuzasidan 240 dan ortiq ta’sir choralari qo‘llanilib, sudlarga fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha 100 dan ortiq da’volar kiritildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan huquqiy muammolardan kelib chiqib, o‘nlab qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlarga kiritilishi ta’minlandi.

Xususan, kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismini notarial idoralar va FHDYo organlari faoliyatiga tegishli bo‘lib, bu sohalardagi dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilindi. Kiritilgan takliflarning qo‘llab-quvvatlanishi natijasida notarial harakatlar uchun davlat bojlari miqdori keskin qisqartirildi, apostil qo‘yish bo‘yicha to‘lovlar o‘n baravarga pasaytirildi.

Fuqarolarning asosiy e’tirozlariga sabab bo‘layotgan davlat notarial idoralardagi navbatda turish holatlarining oldini olish maqsadida notarial tasdiqlanishi bo‘yicha harakatlar turini bekor qilish borasidagi takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Natijada, 2018-yilning I choragida amalga oshirilgan notarial harakatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga, notariat sohasida bu masalada kelib tushgan shikoyatlar 44 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, inson huquqlarini himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan shaxsning yoki yaqin qarindoshlarining sudlanganligi uchun ishga qabul qilishni rad etilmasligi holati qonun bilan kafolatlab qo‘yildi.

Vazirlikning Facebook’dagi “Adliya bilan muloqot” sahifasi hamda rasmiy veb-sayti orqali ham aholi bilan samarali muloqot olib borildi, ular orqali kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal qilish choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют