» » Ko‘chmas mulk buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamg‘arma qoplaydi

Ko‘chmas mulk buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamg‘arma qoplaydi


Prezidentning 2018-yil 27-iyuldagi farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va biznesga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi mexanizmi ma’qullandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hozir Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 29.05.2006 yildagi 97-son qaroriga ilova) ko‘ra kompensatsiya berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Shu tariqa, yagona markazlashtirilgan qoplash manbai mavjud emas. Bu joylarda huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelmoqda. Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016—2018-yillar mobaynida 37 nafar mulkdorga 3 milliard 252 million so‘m miqdoridagi kompensatsiya to‘lanmagan, 215 nafar mulkdorga esa 15 milliard 67 million so‘m kompensatsiya to‘liq to‘lanmagan. Bundan tashqari, 100 ta holatda buzilayotgan turar joylar baholanmay turib to‘lovlar to‘langan, 391 ta holatda esa uy-joy buzilgandan keyin baholash o‘tkazilgan.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida 2 oy muddatda Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil qilinadi. U mahalliy budjetlarning daromad qismi va boshqa manbalar hisobiga to‘ldiriladi (olib qo‘yilayotgan yer uchastkalarini oluvchilarning mablag‘lari ham unga kiritilsa kerak).

Jamg‘arma bilan kelishuvga erishmay yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 23:42)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют