» » O‘zbekistonda yer uchastkalarini ochiq muhokamasiz olib qo‘yish taqiqlandi

O‘zbekistonda yer uchastkalarini ochiq muhokamasiz olib qo‘yish taqiqlandi


1-sentabrdan boshlab davlat jamoat ehtiyojlari uchun yerlarni olib qo‘yish haqidagi qarorga faqat yerlari olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilib, foyda va xarajatlar baholangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi. Bunday tartib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 1-avgust kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan.

Farmonga muvofiq, olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va olib qo‘yish oqibatida mulkdorlarga yetqazilgan zararlarning o‘rni to‘liq qoplangandan keyin yo‘l qo‘yiladi.

Jismoniy va yuridiy shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning qonunga xilof ma’muriy hujjatni chiqarishi natijasida yetkazilgan zarari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Farmon bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish hollari cheklandi. Xususan, endilikda yerlar faqat quyidagi hollarda olib qo‘yiladi:

Mavzuga doir: O‘zbekistonda meva va sabzavotlarni “O‘zagroeksport” o‘rnatgan narxlardan past narxda eksport qilishga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют