» » Mudofaa vazirligi vakillari Vyetnamda harbiy sport kengashi Bosh assambleyasida ishtirok etdi

Mudofaa vazirligi vakillari Vyetnamda harbiy sport kengashi Bosh assambleyasida ishtirok etdi


Qurolli Kuchlar Bosh shtabi jismoniy tayyorgarlik va sport bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Aziz Haydarov va Mudofaa vazirligi Sport klubi boshlig‘i podpolkovnik Mansur Mamadaminov Vyetnamning Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 74-xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) Bosh assambleyasida qatnashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir 30-aprelga qadar davom etgan bo‘lib, unda dunyoning 98 davlatidan kelgan harbiy sport mutaxassislari ishtirok etgan.

Assambleya davomida joriy yilning 18—27-oktabr kunlari Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tadigan VII Butunjahon harbiy-sport o‘yinlariga tayyorgarlik, qur’a tashlash hamda 2020—2021-yillarda o‘tkiziladigan musobaqalar bo‘yicha sport taqvimi rejasi ko‘rib chiqilgan.

VII Butunjahon harbiy-sport o‘yinlari davomida 136 davlat terma jamoalarining harbiy sportchilari sportning  27 ta turi bo‘yicha kuch sinashishi kutilmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi ham dunyo armiyalari o‘rtasidagi eng yirik sport o‘yinlarida qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Xalqaro harbiy sport kengashi yoki International Military Sports Council (IMSC) yoki Conseil International du Sport Militaire (CISM) — jahonda yirik sport fanlararo tashkilotlaridan biri hisoblanadi. U 1948-yilning 18-fevral kuni Fransiyaning Nissa shahrida tashkil topgan. Hozirgi vaqtda CISM Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan keyin dunyoning eng nufuzli sport tashkiloti hamda Military World Games va World Military Cup (Butunjahon armiya o‘yinlari) kabi katta ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro sport tadbirlarining tashkilotchisi hisoblanadi.

CISM’ning farqli tomoni shundaki, u faqat harbiy sportchilarni o‘zaro birlashtiradi. Xalqaro harbiy sport kengashini harbiy sportni rivojlantirishda ilmiy va texnik yondashishlarni o‘rganish bo‘yicha o‘zining akademiyasiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют