» » Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olindi

Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olindi


2017-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Joriy yilning 14-mart kuni o‘tkazilgan Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, majlisda Shokirjon Umidovning xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan deputatlik vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют