» » O‘zbekiston tamaki mahsulotlari bozori 500 million dollarga baholanmoqda

O‘zbekiston tamaki mahsulotlari bozori 500 million dollarga baholanmoqda


Bir quti sigaretning o‘rtacha narxi 8 313 so‘mni tashkil etadi. O‘zbekiston tamaki mahsulotlarining bozori yiliga taxminan 500 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda 30-aprel kuni Tashkent Tobacco’ning uchinchi ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilishi jarayoni mobaynida Qozog‘iston va Markaziy Osiyo JTI bosh direktori Yevgeniy Nikolskiy ma’lum qildi, bu haqda Spot xabar beradi.

O‘zbekistonda o‘rtacha bir kishi kuniga 10 dona sigaret chekadi. Nikolskiyning aytishicha, bu raqam juda yuqori emas. Taqqoslash uchun, qo‘shni mamlakat Qozog‘istonda kuniga 16 sigaret chekiladi.

Sigaret chekadigan aholining 25 dan 34 yoshgacha bo‘lgan nisbati 30 foizni tashkil qiladi. Chekuvchilarning asosiy qismi (70 foizdan yuqori) 25 yoshdan 54 yoshgacha.

Erkaklar tamaki mahsulotlarini faolroq iste’mol qiladi — chekuvchilar umumiy sonining 90 foiz. Shu bilan birga, aholining 70 foizi besh yildan ortiq vaqt mobaynida sigaret chekadi.

Bozorda joriy o‘rtacha to‘plam narxi 8 313 so‘mni tashkil etadi va bozor deyarli past (7 500 so‘mdan kam) va o‘rtacha narx (7 500?11 000 so‘m) segmentlari o‘rtasida teng ravishda taqsimlanadi.

Tashkent Tobacco kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan. 2017-yilda Yaponiyaning JTI kompaniyasi mahalliy kompaniyaga O‘zbekistondagi Winston va LD tovarlarini ishlab chiqarish va sotish uchun uskunalar va huquqlarni taqdim etdi. Bugungi kunda korxona O‘zbekistondagi jami sigaret bozorining 10,2 foizini egallaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют